AsosiySport

Krishtianu Ronaldu "Oltin to`p" taqdimot marosimida ishtirok etmaydi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Oltin to`p-2016" mukofotining taqdimot marosimida ishtirok etmaydi, deb ma`lum qiladi "Championat.com" nashri.

Bunga sabab sifatida hujumchi "Real" safida klublar o`rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi ko`rsatilmoqda. Eslatib o`tamiz, navbatdagi musobaqa Yaponiyada o`tkaziladi va final bahsi 18 dekabrga belgilangan.

"Real" 15 dekabrda Meksikaning "Amerika" jamoasi bilan yarim finalda uchrashishi lozim. Yana bir yarim final esa Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" va Yaponiyaning "Kasema Antlers" klublari o`rtasida bo`lib o`tadi.

E`tiborlisi shunjaki, "Oltin to`p-2016" mukofotining taqdimot marosimi bugun, 12 dekabr kuni bo`lib o`tadi. 

Boshqa yangiliklar