Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football nashri tomonidan topshiriladigan "Oltin to`p" sovrini sohibiga aylanadi.
Portugaliyalik futbolchi uchun bu faoliyatidagi to`pni “Oltin to`p“ bo`ladi. Avvalroq u 2008, 2013 va 2014 yillarda ushbu sovringa loyiq deb topilgan.
2016 yili Ronaldu “Real” safida Chempionlar ligasi hamda Portugaliya termasi safida Evro-2016 musobaqasida g`alaba qozondi.
2016 yilda Ronaldu 55 marta maydonga tushib, 51 ta gol hamda 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Oltin to`p"ni qo`lga kiritish bo`yicha hamon "Barselona" etakchisi Lionel Messi etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 5 ta "Oltin to`p" bor.