AsosiySport
3859

Portugaliya prezidenti Ronalduni “Oltin to`p” sohibi bo`lgani bilan tabrikladi

Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza mamlakat terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni "Oltin to`p–2016" sovrinini qo`lga kiritgani bilan tabrikladi.

"Krishtianuni to`rtinchi "Oltin to`p" bilan tabriklayman", – deb uning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda Portugaliya futbol federasiyasi.

Ma`lumot uchun, 31 yoshli forvard o`tgan mavsumda "Real" bilan EChL g`olibi, Portugaliya termasi bilan esa Evropa chempioni bo`ldi. Shuningdek, 2016 yilda u 55 marta maydonga tushib, 51 ta gol hamda 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Qayd etish kerak, "Oltin to`p"ni qo`lga kiritish bo`yicha hamon "Barselona" etakchisi Lionel Messi etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 5 ta "Oltin to`p" bor. 

Boshqa yangiliklar