AsosiySUG'DIYONA

Oshxonada yo`l qo`yiladigan 7 xato

1.      Birinchi xato: taxtakachning o`lchami

Kichkina taxtakachlarni o`zi kim o`ylab topgan? Kim aytdi, bunday kichik taxtakachlarda to`g`rash oson deb? Xech kim. Lekin oshxonalarimizda 20 santimetrli ingichka taxtakachlar hukm surmoqda. Agar sizda ham shunday taxtakach bo`lsa, ularni olingda gul tuvaklari tagiga qo`ying. O`rniga esa 2 ta katta va qalin taxtakach xarid qiling. Mana endi hammasi joyiga tushdi.

2.      Ikkinchi xato: o`tmas pichoqlar...

Pichoq bir marta va deyarli umrbodga sotib olinadigan anjom. To`g`ri o`tkir pichoqlar qimmat bo`ladi. Agar ularga pul ketkazishni istamayotgan bo`lsangiz, pichoqlaringizni charxlatib olishingiz mumkin. Shunda barmoqlarga ham zarar etmaydi, sabzavotlarni kesayotganingizda ham sharbati oqib ketmaydi. Oshxonangizda albatta: katta oshpazlik pichog`i, o`rtacha sabzavotlar uchun pichoq, uzun yassi baliq pichog`i, non pichog`i bo`lishi shart. Ha aytgandek, non va go`sht uchun alohida-alohida pichoqdan foydalaning. 

3.      Uchinchi xato: suvni ayasangiz, bo`tєa eysiz

Makaron qaynatishda suvni tejash kerak emas. Masalan, yarim kilogramm makaron qaynatish uchun 5 litr suv kerak bo`ladi. Ana o`shanda makaron bo`tqasiga emas, kutganingizdek  dona-dona makaronlarga ega bo`lasiz.

4.      To`rtinchi xato: xamir uzo-o-oq qorish

Xamirni uzoq qormang, aks holda u saqichga o`xshab cho`ziluvchan bo`lib qoladi. Ayniqsa, sariyog` solingan xamirni tezda qorish kerak, toki sariyog` bo`laklari xamir tarkibida qolsin. Ana shunda pishirig`ingiz yumshoq, mayin va kumir-kumir bo`lib pishadi.

5.      Beshinchi xato: qizdirilmagan yog`

Qizdirilmagan yog`da pishirilgan taom bemaza bo`ladi. Shuning uchun qanchalik shoshayotgan bo`lsangiz ham qozonga yog`ni quyib, yaxshilab qizib olmaguncha kutib turing.

6.      Oltinchi xato: shoshib solingan sarimsoqpiyoz

Vaqtidan avvalroq solingan sarimsoqpiyoz mazasini yo`qotadi, uning na ta`mi, na hidi va na ko`rinishi qoladi. Sarimsoqpiyozni olovni o`chirgandan so`ng, taom tayyor bo`lganda parrak qilib kesib, soling, maydalab emas.

7.      Ettinchi xato: ag`daraversangiz suvi qochadi

Go`sht yoki kotletlarni tovada qancha tez-tez ag`darsangiz shuncha qattiq va quruq bo`lib pishadi. Aslida, ularni qizarganidan so`ng bir martagina ag`darsangiz kifoya. Ana shunda ularning suvi qochmaydi. 

Boshqa yangiliklar