Zarur masalliqlar: 1 st. suv, yarim st. o`simlik yog`i, 3 dona tuxum, 1 st. smetana, 100 gr. shakar, 3-4 osh qoshiq kakao kukuni, 450 gr. qora shokolad, muzlatilgan olcha mevasi.
Tayyorlash : 1). Suvga tuxum, shakar va o`simlik yog`idan solib, engil ko`pirtiring. Kakao hamda un qo`shib, yumshoq xamir yooring. Tayyor masalliqni pishiriq qog`ozi solingan patnisga yoyib, qizdirilgan gaz pechida pishirib olasiz.
2). Shirinlik korji tayyor bo`lgach, biroz sovuting. So`ng qo`lda maydalab, smetana bilan aralashtiring. Masalliqdan yong`oq kattaligida dumaloq zuvala yasab, har birining orasiga muzlatilgan mevadan qo`ying.
3). Shokoladni bug`li vannada eritib, dumaloqlangan shirinlik ustidan quyib chiqing.
Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.