1

Husnbuzarga sabab stressmi? 7 afsonaga oydinlik kiritamiz

SUG'DIYONA 16.12.2016, 10:21
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Husnbuzarga sabab stressmi? 7 afsonaga oydinlik kiritamiz

Umri davomida yuziga yoki tanasiga biror marta bo`lsa ham husnbuzar toshmagan inson bo`lmasa kerak. haqiqatdan yiroq, kimlarnidir qo`rqituvchi, ba`zan esa muammoni chigallashtiruvchi «afsonalar» yillar davomida vujudga kelgani ham mubolag`a emas. Xo`sh, husnbuzarlar haqida bilganlarimiz rostmi? Keling masalaga oydinlik kiritamiz.  

 

«Bu faqat o`smirlarning muammosi»

Husunbuzar  odatda 13-15 yoshli o`smirlarda paydo bo`ladi. Shu sababdan ham ko`pchilik bu holatni faqat yoshlar muammosi, deb qaraydi. Ba`zilar esa turmush qurgach o`tib ketadi, deydi. Albatta, teri usti toshmalari organizmdagi gormonal o`zgarishlar bilan bog`liq, ammo vaqtida davolanmagan husnbuzarlar vaqt o`tgach zo`rayib ketmasligiga kim kafolat beradi?  Shuning uchun bu muammoni vaqt hukmiga tashlagandan ko`ra, tashabbusni qo`lga olib u bilan kurashgan afzal.  

 

«Bariga stress aybdor»

Chindan ham kuchli stress toshmalarni ko`paytirishi mumkin. Ammo organizda gormonal o`zgarish yoki nasliy moyillik bo`lmasa, hech qanday ruhiy zo`riqish o`z o`zidan husnbuzar toshishiga sabab bo`lmaydi.

 

«Quyosh nuri davo»

Aslida, mutaxassislar yoz quyoshi ostida «davolangan» bemorlarda kuzga kelib yallig`lanish jarayoni ko`proq uchrashini ta`kidlashada. Shunga qaramay oftob husnbuzarlardan xalos qiladi, degan fikr kishilar ongiga o`rnashib olgan. Chindan ham ultrabinafsha nurlari terini dizenfeksiya qilish xususiyatiga ega, biroq bu uzoq davom etmaydi. Toblanish ba`zi muammolarni ma`lum muddatgina bartaraf etadi. Biroq quyosh nurlari immun tizimini susaytirishini ham unutmaslik darkor.

 

«Kosmetika vositalari sababmi?»

ha, agar siz sifatsiz kosmetik vositadan foydalansangiz. Ammo hozirda ishlab chiqaruvchilar terining nafas olishga imkoniyat beruvchi zamonaviy atir-upalar taklif etmoqdalar. hatto «non comedon»  yozuvi uchraydi. Bu yozuv terida tiqin hosil qilmaydi, degan ma`noni anglatadi.

 

«Bir marta yuzni tozalatgach, doimiy muolaja qilish shart»

Bu ma`lumot ikki karra xato. Faqat tozalash muolajasi yordamida husnbuzarlardan xalos bo`lishning imkoni yo`q. Nomidan ham ma`lumki bu amaliyot faqat terini tozalab, uning holatini yaxshilaydi va toshmalar ko`payishining oldini oladi.

«Yuzni bug`ga tutish kerak»

Qaynagan suv bug`iga yuzni tutib muolaja qilish teri kataklarini kattalashtirib, tozalaydi. Ammo bu usul ham husnbuzarlardan xalos bo`lishda foyda berishi ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Bundan tashqari muolajaning bir qancha qarshi ko`rsatmalari bo`lgani tufayli, tavakkal qilishdan oldin yaxshilab o`ylab ko`ring.

 

«Spirt yordam beradi»

Ko`p yillar davomida spirt asosida tayyorlangan losonlardan husnbuzarlarga qarshi vosita sifatida keng foydalanilgan. Ammo spirt terini quritib yuborgani tufayli bugungi kunga kelib, kosmetologiyada undan deyarli foydalanilmaydi. Uy sharoitida ushbu vositadan foydalanganlar esa bir vaqtning o`zida yog`li va quruqshagan teridan aziyat chekadilar.

 

Saodat tayorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1