1

«O`g`lim «uyat ish» qilayotganini sezib qoldim»...

SUG'DIYONA 16.12.2016, 14:43
Teglar: Oila, Ona va bola, SUGDIYONA
«O`g`lim «uyat ish» qilayotganini sezib qoldim»...

«14 yoshli o`g`lim va 10 yashar qizim bor. Er-xotin ishlaymiz. Yozg`i ta`tilda qizimiz buvisinikida pishir-kuydirni o`rganadi deb, qaynonamnikiga qishloqqa jo`natdim. O`g`lim esa uch oylik ta`til davomida uyda bo`ldi. Zerikkanida televizor ko`rib, kompyuterdan foydalandi. O`g`limni yolg`iz qoldirib bekor qilibmiz, endi juda afsusdaman. Chunki o`tgan hafta o`z xonasida yolg`iz qolib, «uyatli ish» qilib o`tirganiga ko`zim tushib qoldi. Lekin bu haqida hech kimga, hatto, o`g`limga ham aytmadim. Nima qilishga, kimdan maslahat olishga, uni bu yo`ldan qaytarish uchun qanday yo`l tutishga hayronman. Maslahat bering...»

Ismini sir tutgan ayol

Mutaxassisimiz: oliy toifali shifokor, urolog-androlog Zarifjon MURODOV

Gippokrat ham uni zararli odat degan!

Qarama qarshi jinsga qiziqish ilk bor taxminan 6–7 yoshdan boshlanadi. Buning oqibatida bolada yoshiga mos kelmaydigan ba`zi hatti-xarakatlar paydo bo`la boshlaydi. Bu yoshdagi farzandi bor ota-onalarning asosiy vazifasi bolaning xayolini boshqa narsalar bilan band qilishdir. Masalan, o`qish, chizish, sport bilan shug`ullanish kabilar. Lekin «o`zini o`zi qondirish», onanizm beixtiyoriy ravishda odatda 13-14 yoshdan boshlanadi.

Hattoki Gippokrat ham bu odatlarni qattiq qoralagan: «Bu kasallik insonni orqa miyasi (umurtqa kanalida joylashgan a`zo)da rivojlanadi. Kasallik o`z his tuyg`ularini boshqara olmaydiganlarni ko`proq zararlaydi. Ularda isitma bo`lmaydi, ishtahalari ham zo`r bo`ladi. Lekin ozib, zo`riqib ketishadi. Xuddi butun tanasida chumoli o`rmalayotgandek tuyuladi. Siydikda ham juda ko`p va suyuq urug` chiqib ketishi kuzatiladi. Bunday erkaklar ayollar bilan yaqinlik qilish uchun yaroqsiz hisoblanishadi va ko`pincha uyalib ham qolishadi. Bir tekis yo`lda yurmaslik ularni holdan toyishiga olib keladi, boshda og`riq, quloqlarda shovqin va nihoyat ularni bitiradigan isitma boshlanadi».

Dod solishdan avval sababini aniqlang

«O`zini qanoatlantirish»ga ixtiyor berish bolaning asab tizimida muammolar borligidan darak beradi. Bu ishning odatga aylanishi kelajakda bolaning jamiyatda o`z o`rnini topishida qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuningdek,

  • asablarda haddan ortiq qo`zg`alish yuz berganida (ishtaha va uyquning yo`qolishi),
  • oilada biror o`zgarish sodir bo`lsa ( ikkinchi farzandning dunyoga kelishi, aka yoki opasi bilan kelisholmay qolsa, jismoniy jazodan qo`rqish),
  • do`stlari davrasida o`z o`rnini topa olmaslik,
  • ota-onasi yoki biror yaqin insonidan ajralib qolganida,
  • bekorchilikdan, zerikish oqibatida paydo bo`lishi mumkin.  

Xullas, bola uchun bu ish ruhiy zo`riqishni engillashtirish uchun xizmat qilayotgandek tuyuladi. Bolaga e`tibor va mehr etarli darajada ko`rsatilsa, oila a`zolari, do`stlari tomonidan qadrlansa, jismoniy va aqliy jihatdan yoshiga mos bo`lsa, bunday nobop ishdan o`zini tiya oladi. Asosiysi bunga ehtiyoj sezmaydi.

Kasallik belgisi bo`lishi ham mumkin...

Masturbasiya bilan shug`ullanish ba`zan gijja, allergik xastaliklar, qandli diabet kabi kasalliklar bilan og`rishning oqibatida yuz berishi mumkin. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, tor, sintetik va nam ichki kiyimlarni kiyish ham faqatgina zarar etkazadi. O`g`il bolalardagi fimoz kasalligi ham  intim a`zolarga haddan ortiq diqqat berilishiga sabab bo`ladi.  

Ota-onalarga tavsiyalar

Bunday qila ko`rmang!

Farzandingizni o`rinsiz mashg`ulot chog`ida ko`rib qolganingizda, o`zingizni qo`lga olishga urining. Bu qiyin bo`lsa-da, uyat, hayrat va jahlingiz chiqqanini nigohlaringiz fosh etmasin. Qo`rqib, uyalib turgan bola, avvalo, sizni ko`zingizga qaraydi va shunga ko`ra javob qaytarishga tayyorlanadi. Boshqa oila a`zolarining oldida izza qilmang. «Qo`ling endi sasib qoladi», «Uyalmaysanmi?», «Yana bir marta qilsang, seni boylab qo`yaman» kabi gaplar bilan qo`rqitmang. Chunki ta`qiqlangan narsa doim o`ziga chorlashini yaxshi bilasiz. Bu faqatgina munosabatlar chigallashuvi va bolada nevroz paydo  bo`lishiga yo`l ochadi. Jismoniy jazo bu erda o`rinsiz!

Tavsiya etiladi!

Og`ir-bosiqlik bilan, ovozingizni balandlatmay suhbatlashing. «Nima uchun bu ish bilan shug`ullanyapsan?» degan savolni berish befoyda, u sizga tayinli javob qaytara olmasligi aniq. 10 yoshdan kichik bolalar masturbasiyani shunchaki o`yin deb qabul qilishadi. Unga soddaroq tilda tushuntirish bering: turli zararli infeksiyalar bilan og`rib qolish ehtimoli borligini ayting. «Agar men qulog`ingni hadeb tortaversam, og`rib qoladi-ku, jinsiy a`zoda ham xuddi shunday bo`ladi» deng. A`zoni qo`l bilan ushlash va «o`ynash» odamga hech qanday foyda bermasligi, faqatgina yoqimsiz kasalliklarni keltirib chiqarishini ta`kidlang. 

Bolaning yoshi ahamiyatga ega

3 yoshgacha: bola butun tanasi va undagi a`zolarni yaxshilab o`rganishni istaydi. Jinsiy a`zolarga teginish bu vaqtda qiziqish ustunligidan ro`y beradi.

5 yoshdan keyin: bola o`z jinsiy a`zosiga teginsa yoqimli hissiyotni tuyayotganini anglaydi. Shuning uchun qo`lini ishtonining ichiga ko`p kirgizaveradi.

5 - 7 yosh: bu vaqtga kelib ishtonini tortib qo`yish yoki uning ichiga qo`lini kirgazish kattalar tomonidan qattiq qoralanishini tushunadi. Lekin ba`zan berkinib jinsiy a`zosiga teginib qo`yishi ham mumkin.

7-12 yosh: bolaga ota-onasi tomonidan masturbasiya bilan shug`ullanish yomon ish ekanligini tushuntirilmagan bo`lsa-da, bu vaqtga kelib o`zi ham bu ishning uyatli ekanligini tushunadi. Imkon qadar «aqlli» bola bo`lishga, hamma uni maqtashi uchun harakat qila boshlaydi. Shu sababli u kattalar tomonidan qoralanishi mumkin bo`lgan ishlardan o`zini butunlay tortadi.

13 yoshdan keyin: balog`at ostonasida turgan bola uyatli ishga qayta yoki birinchi marta qo`l urishi ehtimoli ortadi. Endi u parda ortidagi kattalar hayotiga bo`lgan qiziqishini jilovlay olmasligi ham mumkin. O`zini qiziqtirgan savollarga javob izlaydi. Ayrim eshitganlarini o`zidan sinab ko`rishga chog`lanadi. Bu vaqtda bola keraksiz va noto`g`ri ma`lumotlar bilan miyasini «achitmasligi» va chalg`itmasligi uchun unga ota-onaning ko`magi va e`tibori zarur.

Murojaat egasiga maslahat: har bir hodisadan o`zingizni quvontiradigan sabab topishga o`rganing. Masalan, bu holatda o`g`lim soppa-sog` ekan, deb o`ylashingiz mumkin. Turmush o`rtog`ingiz bilan maslahatlashib, farzandingiz bilan suhbatlashishni kim zimmasiga olishini kelishib oling. Yuqorida berilgan tavsiyalar asosida ish ko`rgan ma`qul.

Zafar UBAYDULLAEV tayyorladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1