AsosiyMadaniyat

Endi sun’iy intellekt ishlatilgan filmlar ham “Oscar” uchun kurasha oladi

Biroq g‘oliblarni aniqlashda hakamlar hay’ati filmda inson ijodining qanchalik ishtirok etganiga alohida e’tibor qaratadi.

'Endi sun’iy intellekt ishlatilgan filmlar ham “Oscar” uchun kurasha oladi'ning rasmi

Sinema San’atlari va ilmiy Akademiyasi (Academy of Motion Picture Arts and Sciences) tomonidan e’lon qilingan yangi qoidalarga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi qo‘llanilgan filmlar ham endilikda “Oscar” mukofotlari uchun nomzod bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yildan boshlab kuchga kiradigan ushbu yangi tartibga ko‘ra, SI ishtirokida yaratilgan filmlar ham muayyan shartlarga javob bersa, mukofotlarga da’vogarlik qilishi mumkin.

Biroq g‘oliblarni aniqlashda hakamlar hay’ati filmda inson ijodining qanchalik ishtirok etganiga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, Akademiya yangi qoida sifatida hay’at a’zolariga final bosqichida ovoz berish huquqiga ega bo‘lishlari uchun barcha nomzod filmlarni to‘liq tomosha qilishni majburiy qilib belgiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda 97-marta o‘tkazilgan Oscar taqdirlash marosimida “Eng yaxshi operatorlik ishi” va “Eng yaxshi erkak roli” kabi yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lgan The Brutalist filmi tarkibida sun’iy intellektdan foydalanilgani bois jamoatchilik tanqidiga uchragan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Gollivud aktyorlari va ssenariy mualliflari sun’iy intellekt ularning ish o‘rniga o‘tib ketishi mumkinligidan xavotirlanib, ish ta’minoti yuzasidan olib borilgan muzokaralar natijasiz yakunlangach, norozilik sifatida ommaviy ish tashlashga chiqqan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Madaniyat 11.01.2026 03:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    Madaniyat 27.12.2025 13:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

    Madaniyat 20.12.2025 10:53

    Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

    Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    Madaniyat 19.12.2025 13:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.

    'O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 01.12.2025 14:34

    O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    Milliy statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

    'Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Madaniyat 23.11.2025 08:47

    Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi

    Bu haqda Mirziyoyeva o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.