O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’at arbobi, taniqli kompozitor, pedagog va professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi.
U o‘z umrini O‘zbekiston madaniyati va estrada san’ati rivojiga bag‘ishlab, 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratdi. Uning qo‘shiqlari yurtimizda va xorijda keng tanilgan bo‘lib, ko‘plab mashhur san’atkorlar tomonidan ijro etilgan.
Dilorom Omonullayeva "Do‘stlik" ordeni, shuningdek, "Madaniyat va san’at fidokori" hamda "I darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.