AsosiyMadaniyat

"Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa

"Shamolda qolgan hislarim" filmidagi "Onaxon"ning og‘riqli qismati.

'"Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa'ning rasmi

1939 yili "Shamollar qolgan hislarim" (Gone with the Wind) filmida "Onaxon" obrazini yaratgan Hetti Makdeniyel Amerika kino tarixidagi eng muhim shaxslardan biriga aylandi. U ilk "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan qora tanli aktrisa bo‘lgan. Ammo bu yutuq ham unga teng huquq va inson sifatidagi munosib munosabatni ta’minlab bermadi.

Hetti 1893 yilda Kanzas shtatida tug‘ilgan. U ozod qilingan qulning qizidir. Bolaligida musiqani yaxshi ko‘rardi va avval professional qo‘shiqchi sifatida faoliyat boshlagan. 1920 yillarda radioda qo‘shiq aytgan, keyin esa Los-Anjelesga ko‘chib, epizodik rollar orqali kinoga kirib kelgan.

Haqiqiy burilish esa uning kulinarlik qobiliyati orqali yuz berdi — u taom tayyorlayotganida uning ijodiy salohiyatini ko‘rganlar Xettini Gollivud ichida tanitib yuborishdi.

1939 yilda Xetti "onaxon" rolini ijro etdi. Klark Geyblning tavsiyasi bilan u kastingga taklif etildi. U o‘z xizmatchi libosida kelib, rol uchun ideal nomzod ekanini isbotladi.

1940 yili Makdeniyel «Eng yaxshi ikkinchi darajadagi ayol roli» uchun «Oskar»ni qo‘lga kiritdi. Bu — tarixdagi birinchi bo‘lib, qora tanli aktrisaga berilgan ushbu mukofot edi.

Ammo bu muvaffaqiyat aktrisani irqiy kamsitishdan himoya qilmadi. Filmning Atlantadagi premerasiga uni qonunlar sababli kiritishmadi. "Oskar" taqdimotida esa uni alohida burchakdagi stolga o‘tqazishdi — bu jamiyat uni hali ham "ikkinchi sortli inson" deb bilganini ko‘rsatdi.

1952 yilda Hetti Makdeniyel saratondan vafot etdi. Uning so‘nggi xohishi — Gollivud yulduzlari dafn etiladigan Hollywood Forever qabristonida ko‘milish edi. Ammo qabristonga qora tanlilarni dafn etish mumkin emas edi. Shunday qilib, uni boshqa yerda dafn qilishdi. Faqatgina keyinchalik, XX asr oxirida, u yerda Xetti xotirasiga kenotaf o‘rnatildi.

    Boshqa yangiliklar