AsosiySiyosat

Prezident kameralar faqat jarima yozish uchun ishlayotganini tanqid qildi

Aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi.

'Prezident kameralar faqat jarima yozish uchun ishlayotganini tanqid qildi'ning rasmi

So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti. Bu haqda  bugun, 16 iyun kuni amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi. Aholining yana bir e’tirozi – yo‘llardagi kameralar dislokatsiyasi. Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.

Chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi. 

Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:55

    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

    Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti va Navroʻz munosabati bilan bir-birini tabriklab, hamkorlik va mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi.

    'Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 19.03.2026 08:32

    Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

    'Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 17.03.2026 18:07

    Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Tadbirda mahalliy va xalqaro jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.