AsosiyJamiyat

Prezident: Yangi Toshkent tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanadi

Prezident soʻnggi sakkiz yilda iqtisodiyotga 230 milliard dollar sarmoya kirgani va biznes subyektlari soni ortib, xususiy sektorda maoshlar koʻtarilganini taʼkidladi.

'Prezident: Yangi Toshkent tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanadi'ning rasmi

O‘zbekiston rahbari tadbirkorlar bilan muloqotda so‘nggi sakkiz yilda iqtisodiyotga 230 milliard dollar investitsiya kirganini, shundan 120 milliarddan ortig‘i xorijiy sarmoya ekanini ta’kidladi.

Prezidentning aytishicha, bu davrda minglab kichik biznes subyektlari yirik korxonalarga aylandi, xususiy sektorda o‘rtacha oylik maosh 5 million so‘mga yaqinlashdi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiyot 7,2 foizga o‘sgani qayd etildi.

Uchrashuv Yangi Toshkentda o‘tgani ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, davlat rahbari bu shahar tadbirkorlar uchun innovatsiyalar va investitsiyalar markaziga aylanishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar