Rossiyaning Rosselxoznadzor O'zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importiga nisbatan hech qanday cheklov joriy etilmaganini ma'lum qildi.
"Rosselxoznadzor" idorasining bayonotiga ko'ra, 2026 yil 29 may kuni Rosselxoznadzor O'zbekistonning vakolatli organiga texnik muzokaralar o'tkazish taklifi bilan chiqqan. Muzokaralar Rossiyaga o'zbek meva-sabzavot mahsulotlarini xavfsiz va uzluksiz yetkazib berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan idora ayrim OAVlarda tarqalgan xabarlarga izoh berib, mahsulot importi bo'yicha hech qanday taqiq yoki cheklov mavjud emasligini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, 2026 yil yanvar–fevral oylarida O'zbekiston 219,9 ming tonna meva-sabzavot eksport qilgan. Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, eksport hajmi 207,3 mln dollarga teng bo'lib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga oshgan.
Eksport tarkibida sabzavotlar, meva va rezavorlar, shuningdek mos ravishda mosh, yong'oq va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari asosiy ulushni tashkil etgan.






