AsosiyJamiyat

1,6 млрд сўмлик электр ўғрилиги фош этилди

Toshkentda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi servis kompaniya elekt energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

'1,6 млрд сўмлик электр ўғрилиги фош этилди'ning rasmi

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida, Shayxontohur tumanidagi “O.O.T.” MChJga tegishli ko‘p qavatli uylarning elektro qurilmalari hisoblagichdan tashqari ulangani va energiyadan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik ortidan elektro ta’minot korxonasiga 1 mlrd 663 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar