AsosiyMadaniyat

"Sevimli" telekanalida namoyish etilgan "Qizim" seriali endi Qozog'iston telekanalida efirga uzatilyapti

Serialni namoyish etish huquqini mamlakating yirik telekanali hisoblangan "Qozog'iston" kanali qo'lga kiritdi.

'"Sevimli" telekanalida namoyish etilgan "Qizim" seriali endi Qozog'iston telekanalida efirga uzatilyapti'ning rasmi

1 oktyabrdan boshlab Qozog‘iston Respublikasida mashhur o‘zbek seriali "Qizim" ("Mening qizim") namoyish etila boshladi. Serialni namoyish etish huquqini mamlakatning yirik telekanallaridan biri — "Qozog‘iston" telekanali eksklyuziv tarzda qo‘lga kiritdi.

"Qizim" O‘zbekistondagi eng yirik prodyuserlik kompaniyalaridan biri — Cinemedia tomonidan suratga olingan bo‘lib, avvalroq "Sevimli" telekanali orqali efirga uzatilgan va tomoshabinlardan yuqori — 10/10 reytingni olgan.

Serial 2024 yilda ekran yuzini ko‘rgan bo‘lib, 80 qismdan iborat bir mavsumni o‘z ichiga oladi. Rejissyor — Samidxon Lutfullayev, ssenariy muallifi — Go‘zal Muhammadova. Asarda Ra’no Shodiyeva, Ra’no Zokirova, Javohir Zokirov, Mehriddin Rahmatov kabi mashhur aktyorlar ishtirok etgan.

Drama uch ayol — Diyora, Gavhar va Nigina hayotida yuz beradigan sinovlar, murakkab tanlovlar va insoniy qadriyatlar haqida hikoya qiladi. Serial sevgi, oilaviy munosabatlar va axloqiy qarorlarning oqibatlarini yoritib, tomoshabinlarni chuqur mushohadaga chorlaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat 19.01.2026 12:08

    ''ning rasmi

    Madaniyat 11.01.2026 03:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    Madaniyat 27.12.2025 13:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

    Madaniyat 20.12.2025 10:53

    Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

    Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    Madaniyat 19.12.2025 13:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.

    'O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 01.12.2025 14:34

    O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    Milliy statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.