AsosiySport
5140

Ronaldu nega qora rangdan qo`rqadi?

"Real" etakchisi va "Oltin to`p" sohibi Krishtianu Ronaldu nega hech qachon qora butsa kiymasligining sababi oydinlashdi, deya ma`lum qilmoqda "Sports.uz".

Krishtianu dunyoning eng zo`r futbolchilaridan biri bo`lishdan tashqari, moda sohasida har qanday marketologning orzusidagi shaxsdir. Shunday bo`lsa-da, Krishtianu Ronalduning ham moda masalasida o`z didi va qarashlari bor. U hech qachon qora rangli butsa kiymaydi. Bu borada yorqin ranglarni xush ko`radi.

Ronalduga butsa tayyorlaydigan Nike kompaniyasi vise-prezidenti Maks Blau futbolchining ayrim talablari haqida gapirdi.

- Har bir futbolchi yoqtirgan va yomon ko`radigan ranglar bo`ladi, - deydi Maks Blau. - Ilmiy tomondan butsalarning rangi o`yinchining fikrlash jarayoniga ta`sir qilishi isbotlangan. Agar senga o`z kiyiming yoqsa o`zingni xotirjam his qilasan. Krishtianu qora butsalarni yomon ko`radi. Uning fikricha, qora sekinlik ramzi. Urishtianu esa o`zini tezkor futbolchi sifatida his qilishni istaydi.

Krishtianu Ronalduning bu fikrini inobatga olgan Nike kompaniyasi mutaxassislari "Real" etakchisining "Oltin to`p"ni qo`lga kiritgani munosabati bilan ishlangan butsalarni oq va oltin rangda tayyorladi.

Boshqa yangiliklar