AsosiyJamiyat

Namanganda uchgan 4 ta reys kuchli qor yog'ayotgani sabab yo‘nalishini o‘zgartirdi

Yo‘nalish ro‘yxati bilan tanishing.

'Namanganda uchgan 4 ta reys kuchli qor yog'ayotgani sabab yo‘nalishini o‘zgartirdi'ning rasmi

Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti – kuchli qor yog‘ishi tufayli 23 yanvar kuni bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. 

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha:

S7 Airlines aviakompaniyasining Irkutsk—Andijon yo‘nalishidagi S76311 reysi ekipaji O‘shdagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da qo‘ndi).

Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda—Namangan yo‘nalishidagi 9S5010 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:27 da qo‘ndi).

Ural Airlines aviakompaniyasining Yekaterinburg—Namangan yo‘nalishidagi U62963 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da qo‘ndi).

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Samara—Namangan yo‘nalishidagi HY9806 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 04:11 da qo‘ndi).

FlyOne Asia aviakompaniyasining Madina—Namangan yo‘nalishidagi 7Q4452 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘nalishni o‘zgartirishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 06:05 da qo‘ndi).

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining soat 9:30 larda e’lon qilingan axborotida ayni paytda Namangan xalqaro aeroporti odatiy rejimda ishlayotgani bildirilgan. 

    Boshqa yangiliklar