AsosiySport

Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli musobaqa uchun jami 4 ta Olimpiya yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

'Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi'ning rasmi

O‘zbekiston delegatsiyasi 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Unda short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog delegatsiya bayroqdori vazifasini bajardi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli musobaqa uchun jami 4 ta Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish figurali uchish sportining juftlik bahslarida, Medet Nazarov tog‘ chang‘i sportining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofasida Olimpiya litsenziyasiga ega bo‘lgan.

Biroq tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat olib, Olimpiya o‘yinlarigacha to‘liq tiklan olmadi. Shu sababli O‘zbekiston sportchilari Milan–Kortina–2026 musobaqalarida tog‘ chang‘isi va short-trek yo‘nalishlarida ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Sport 06.02.2026 11:28

    'Tyer Shtegen tizzasidan operatsiya qilindi'ning rasmi

    Sport 05.02.2026 14:42

    Tyer Shtegen tizzasidan operatsiya qilindi

    "Jirona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

    'N'Golo Kantening "Fenerbahche"ga transferi barbod bo'ldi'ning rasmi

    Sport 03.02.2026 13:52

    N'Golo Kantening "Fenerbahche"ga transferi barbod bo'ldi

    Turkiyaning "Fenerbahche" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi tomonidan hujjatlardagi xatolar sababli jahon chempioni N'Golo Kanteni transfer qila olmaganini ma'lum qildi.

    'Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

    Sport 03.02.2026 08:39

    Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi

    Futzalchilar chorak finalda Eronga mag'lub bo'ldi.

    'Oʻzbekistonning ikkinchi raketkasi oʻzgardi'ning rasmi

    Sport 02.02.2026 13:48

    Oʻzbekistonning ikkinchi raketkasi oʻzgardi

    WTAning 2 fevral kuni e'lon qilingan yangilangan reytingiga ko'ra, Polina Kudermetova O'zbekistonning ikkinchi raketkasiga aylandi.

    'Oʻzbekiston qishki Olimpiadaga 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi'ning rasmi

    Sport 02.02.2026 09:38

    Oʻzbekiston qishki Olimpiadaga 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritdi

    Delegatsiya Milan–Kortina–2026 oʻyinlarida togʻ changʻisi va short-trek yoʻnalishlarida ishtirok etadi.