AsosiyJamiyat

Fоришда 30 га яқин хонадонни сув босди

FVV hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

'Fоришда 30 га яқин хонадонни сув босди'ning rasmi

Jizzax viloyati Forish tumanidagi qishloqlardan birida kuchli yomg‘irdan so‘ng sel kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14 fevral kuni soat 04:53 da tumanda kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida "Qizilqum" MFY, Qizilqum qishlog‘ida sel-suvi oqimlari kuzatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqning Erali ko‘chasidagi taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarning hovlisi va tomorqalariga suv toshgan. Hodisa oqibatida vafot etgan va jarohat olganlar yo‘qligi bildirildi. Vaziyat nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar