AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda ko‘chma radarlarni maxsus yo‘l belgisi bilan ko‘rsatish talabi bekor qilindi

O‘zbekistonda ko‘chma radarlar oldiga "Radar" yo‘l belgisini o‘rnatish talabi bekor qilindi. Endi mazkur belgi faqat tezlikni nazorat qiluvchi statsionar radarlar oldiga qo‘yiladi.

'O‘zbekistonda ko‘chma radarlarni maxsus yo‘l belgisi bilan ko‘rsatish talabi bekor qilindi'ning rasmi

O‘zbekiston hukumati ko‘chma radarlardan foydalanishda ular oldiga "Radar" yo‘l belgisini o‘rnatish talabini bekor qildi. Bu 29 oktabrda qabul qilingan qarorda belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, "Radar" belgisi endi faqat tezlikni nazorat qiluvchi statsionar radarlar oldiga o‘rnatiladi. Amaldagi yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, belgi radardan 250 metrdan kam bo‘lmagan va 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashtirilishi kerak.

Qaror yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto va video qayd etish vositalaridan foydalanishni takomillashtirish orqali qoidabuzarliklar sonini kamaytirishga qaratilgan.

 Avvalroq tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan kameralar xavfsizlik kamarini taqmaslik bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni ham qayd etishi xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar