AsosiySport
4429

Ronaldu The Guardian nashri talqiniga ko`ra 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi bo`ldi

Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu The Guardian nashri talqini bo`yia 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi reytingda ikkinchi o`rinni, Katalon klubining yana bir vakili Luis Suares uchinchi o`rinni egalladi.

Shuningdek, kuchli o`nlikka qo`yidagi futbolchilar kiritildi: Antuan Grizmann (“Atletiko”), Neymar (“Barselona”), Garet Beyl (“Real”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Per-Emerik Obameyyang (“Borussiya” D), Aleksis Sanches (“Arsenal”) va Riyod Mahrez (“Lester”).

Boshqa yangiliklar