AsosiySPORT

JCh—2026: Pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlandi

Jahon chempionatida guruh bosqichi yakunlandi va 1/16 final bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa aniq bo'ldi.

'JCh—2026: Pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlandi'ning rasmi

AQSh, Kanada va Meksika mezbоnlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichi yakuniga yetdi va 1/16 final bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, uchinchi o'rinni egallagan jamoalar orasidan Janubiy Koreya, Shotlandiya, Urugvay va Eron eng yaxshi sakkiztalikka kira olmadi va musobaqani tark etdi.

1/16 final juftliklari:

Los-Anjeles: Janubiy Afrika — Kanada (28 iyun)
Boston: Germaniya — Paragvay (29 iyun)
Xyuston: Braziliya — Yaponiya (29 iyun)
Monterrey: Niderlandiya — Marokash (29 iyun)
Nyu-York: Fransiya — Shvetsiya (30 iyun)
Dallas: Kot-d'Ivuar — Norvegiya (30 iyun)
Mexiko: Meksika — Ekvador (30 iyun)
San-Fransisko: AQSh — Bosniya va Gersegovina (1 iyul)
Sietl: Belgiya — Senegal (1 iyul)
Atlanta: Angliya — Kongo DR (1 iyul)
Toronto: Portugaliya — Xorvatiya (2 iyul)
Los-Anjeles: Ispaniya — Avstriya (2 iyul)
Vankuver: Shveytsariya — Jazoir (2 iyul)
Mayami: Argentina — Kabo-Verde (3 iyul)
Dallas: Avstraliya — Misr (3 iyul)
Kanzas-Siti: Kolumbiya — Gana (3 iyul)

Ma'lumot uchun, 2026 yilgi mundial tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida AQSh, Kanada va Meksikada o'tkazilmoqda. Nizomga ko'ra, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblarining sakkiztasi pley-off bosqichiga yo'l oladi.

    Boshqa yangiliklar

    JCh—2026: Pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlandi - Darakchi.uz