O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 2026 yil 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Janubiy Koreyada o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so'ng endi 2027 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni boshlaydi. Qit'a chempionati 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.






