AsosiySPORT

"Bunyodkor" klubiga 5 milliard so'm ajratildi.

Klub vakillarining ta'kidlashicha, ushbu mablag‘ jamoa faoliyatini barqarorlashtirish va Superliga uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonlarini ta'minlashga yo'naltiriladi.

'"Bunyodkor" klubiga 5 milliard so'm ajratildi.'ning rasmi

Toshkentning "Bunyodkor" futbol jamoasiga davlat tomonidan 5 milliard so'm miqdorida moliyaviy yordam ko'rsatildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mablag' O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-sonli "Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida ajratilgan.

Klub vakillarining ta'kidlashicha, ushbu mablag' jamoaning faoliyatini barqarorlashtirish, mavsum davomidagi tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etish hamda Superligadagi uchrashuvlarga reja asosida tayyorgarlik ko'rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati jamoani qiyin vaziyatda qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislar, bloggerlar, sport jurnalistlari va O'zbekistondagi boshqa futbol klublariga minnatdorlik bildirdi.

Xususan, klub "Paxtakor", "Surxon", "Buxoro", "Navbahor" hamda "Olimpik Mobiuz" jamoalariga alohida tashakkur izhor etgan.

    Boshqa yangiliklar