AsosiySPORT

Ronalduning Toshkentga qachon kelishi ma'lum bo'ldi

Biroq Ronalduning aynan ushbu uchrashuvda ishtirok etishi hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

'Ronalduning Toshkentga qachon kelishi ma'lum bo'ldi'ning rasmi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi elita bosqichidagi taqvimi ma’lum bo“ldi. Unga ko’ra, Toshkent klubi 2 noyabr kuni o’z maydonida Krishtianu Ronaldu to’p tepayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv musobaqaning 4-turi doirasida Toshkentda o’tkaziladi. Shu tariqa, Ronalduning O’zbekistonga navbatdagi tashrifi sanasi ham ma’lum bo“ldi.

Bu portugaliyalik yulduzning Toshkentga ikkinchi tashrifi bo’lishi mumkin. Ronaldu 2009 yil 22 dekabr kuni ham O’zbekiston poytaxtida bo’lgan. O’shanda u “Manchester Yunayted” tarkibida Osiyoga tashrif buyurgan.

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi elita bosqichidagi taqvimi quyidagicha:

1-tur, 14 sentyabr
“Al-Ahli” – “Paxtakor”

2-tur, 12 oktyabr
“Paxtakor” – “Al-Qodisiya”

3-tur, 26 oktyabr
“Eyr Fors” – “Paxtakor”

4-tur, 2 noyabr
“Paxtakor” – “Al-Nasr”

5-tur, 23 noyabr
“Al-Ittihod” – “Paxtakor”

6-tur, 7 dekabr
“Paxtakor” – “Traktor”

7-tur, 8 fevral
“Paxtakor” – “Istiqlol”

8-tur, 15 fevral
“Al-Hilol” – “Paxtakor”

Shunday qilib, agar Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” tarkibida maydonga tushsa, o’zbekistonlik muxlislar uni 2 noyabr kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o’yinda jonli ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi.

    Boshqa yangiliklar