AsosiyDUNYO

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi.

'Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi'ning rasmi

"Dunyo" axborot agentligi xabar berishicha, 22 avgust kuni Qizilo‘rda shahri orqali o‘tuvchi Shimkent—Samara avtomobil yo‘lining Aqsay hududida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan.

Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa haydovchining rulda uxlab qolishi oqibatida yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgani natijasida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini vatanga qaytarish choralarini ko‘rgan.

Zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, uch nafar fuqaroning jasadi doimiy yashash joyi — Toshkent viloyatining Bekobod shahriga yetkazilgan.

    Boshqa yangiliklar