AsosiyDUNYO

Bibisara Asaubaeva Fransiyada rapid bo‘yicha chempion bo‘ldi.

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubaeva Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘tkazilgan WR Women’s Chess Tour musobaqasining rapid yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

'Bibisara Asaubaeva Fransiyada rapid bo‘yicha chempion bo‘ldi.'ning rasmi

Musobaqaning finalida Asaubayeva ukrainalik grossmeyster Mariya Muzichuk bilan kuch sinashib, har ikki partiyada ham g‘alaba qozondi — 2:0. Shu tariqa, u turnirning rapid dasturida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Asaubayeva g‘alabadan so‘ng o‘zining Instagram sahifasida musobaqadagi ishtiroki va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi ish kunim tugadi. Men WR Chess Tour musobaqasining rapid qismida g‘olib bo‘ldim. Birinchi o‘yinda Pyo‘tsni, ikkinchisida Batsiashvilini, uchinchisida esa Mariya Muzichukni mag‘lub etdim. Ertaga blits. Biroz charchadim, lekin o‘zimdan mamnunman. Bundan tashqari… poshnada 6 soat. Ha, tamom”, — deb yozdi shaxmatchi.

Asaubayeva chorak finalda Germaniya vakili Elizabet Pyo‘tsni, yarim finalda esa gruziyalik Nino Batsiashvilini mag‘lub etgan. Har ikki bosqichda ham g‘olib qo‘shimcha Armageddon partiyasi orqali aniqlangan.

Qozog‘istonlik shaxmatchi bu bilan musobaqadagi ishtirokini yakunlamaydi. Bugun, 26 avgust kuni Sen-Tropeda turnirning blits dasturi start oladi va Asaubayeva unda ham chempionlik uchun kurashadi.

    Boshqa yangiliklar