AsosiyDUNYO

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi.

Monument cho‘qqisida joylashgan Humo qushi ozodlik va ezgulik g‘oyalari, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

'Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi.'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 avgust kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Mazkur mahobatli majmuada xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, buyuk allomalar va jahongir ajdodlar siymolari, shuningdek, O‘zbekiston taraqqiyotidagi muhim voqealar aks ettirilgan.

Monument cho‘qqisida joylashgan Humo qushi ozodlik va ezgulik g‘oyalari, xalqimizning oliyjanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahri jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi. - Darakchi.uz