Zarur masalliqlar: 130 gr. un, 100 gr. qand upasi, 100 ml. sut, 80 gr. sariyog`, 1 dona tuxum, 3 osh qoshiq kakao, 1 gr. vanilin, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich; kremiga: 150 ml. qaymoq, 4 osh qoshiq qand upasi.
Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ga shakar qo`shib, yaxshilab aralashtiring.
2. Sariyog`li aralashmaga tuxum qo`shib, ko`pirtiring. Endi un, xamiryumshatgich, kakao, vanilin va sutni solasiz. Yaxshilab aralashtirgach, konditer qopchasiga solib, pishiriq qog`ozi ustiga aylana shakllar yasab chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqada pishadi.
3. Qaymoq bilan qand upasini yaxshilab ko`piritiring. Pishgan shirinlik ustiga qaymoqli kremdan solib, ustini ikkinchi shirinlik bilan yopsangiz, bas.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa
7 kishilik