AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari va farmatsevtlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

2027 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvargacha davlat ro‘yxatidan ixtiyoriy ravishda o‘tish mumkin bo‘ladi. Bu maxsus imtihon natijalari yoki malaka toifasini berish jarayoni orqali amalga oshiriladi.

'O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari va farmatsevtlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.'ning rasmi

O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiy va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan xodimlarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha davlat ro‘yxatidan ixtiyoriy ravishda o‘tish mumkin bo‘ladi. Bu maxsus imtihon natijalari yoki malaka toifasini berish jarayoni orqali amalga oshiriladi.

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20 yillik ish staji va ilmiy darajasi bor xodimlar maxsus imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Biroq murojaat vaqtida uch yil yoki undan ko‘proq muddat davomida mutaxassisligi bo‘yicha uzluksiz ishlamagan xodimlar bundan mustasno.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki tibbiy malaka platformasi orqali ariza berish mumkin. Arizalar dam olish va bayram kunlarini ham qo‘shgan holda, sutka davomida qabul qilinadi.

Vakolatli organ arizani besh ish kuni ichida ko‘rib chiqib, xodimni maxsus imtihonga qo‘yish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda beriladi, qog‘oz nusxasi taqdim etilmaydi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan mutaxassislar kasbiy faoliyatini davom ettirish uchun har besh yilda qayta ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar