AsosiyJAMIYAT

Surxondaryoda tog‘dan ko‘chgan toshlar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Hodisa sabab yo‘lning bir qismi vaqtincha to‘silib qoldi. Tezkor choralar natijasida yo‘l tozalanib, transport harakati tiklandi.

'Surxondaryoda tog‘dan ko‘chgan toshlar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida avtomobil yo‘liga tog‘ jinslari ko‘chib tushdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, yo‘l harakati qayta tiklangan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24-oktabr kuni soat taxminan 03:30 da tuman hududidan o‘tuvchi 75V040 avtomobil yo‘lining 21–22-kilometrlari oralig‘ida tog‘ jinslari ko‘chishi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, yo‘l xizmati ishchilari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Tezkor choralar natijasida soat 07:30 ga qadar yo‘l tog‘ jinslaridan tozalangan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki transport vositalariga zarar yetgani qayd etilmagan. Ayni vaqtda yo‘l to‘liq ochilgan va transport harakati tiklangan.

Mas’ullar haydovchilarni tog‘li hududlarda ehtiyotkor bo‘lishga hamda yo‘l belgilari va xavfsizlik talablariga rioya qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar