Evropa Chempionlar ligasi chorak final javob o`yinida “Monako” o`z maydonida “Borussiya Dortmund” futbolchilari bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda “Monako” 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Dastlabki o`yinda ham monegasklar zafar quchgandi. Dortmunddagi o`yinda 3:2 hisobida qayd etilgan.
Monako (Monako) – Borussiya D (Germaniya) 3:1
Gollar: 1:0 – 3 Mbappe, 2:0 – 17 Falkao, 2:1 – 48 Roys, 3:1 – 81 Jermen.
Monako – Subashich, Glik, Mendi, Ture, Jemerson, Moutinyu, Bakayoko, Lemar, Bernardu Silva, Mbappe (Jermen, 81), Falkao (Dirar, 68).
Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Durm (Dembele, 27), Gerreyru (Pulishich, 72), Kagava, Shaxin (Shmelser, 46), Roys, Vaygl, Pishchek, Obameyang.
Dastlabki uchrashuv – 3:2