AsosiySUG'DIYONA
5754

​Kuchli jins vakillari bilan qanchalik til topisha olasiz?

'​Kuchli jins vakillari bilan qanchalik til topisha olasiz?'ning rasmi

1. Agar erkak pulim yo`q, desa, demak…

A) uning rostdan ham puli yo`q;

B) unda siz uchun pul yo`q.

2. Agar ayol erkakni erkalab gapirsa, bu…

A) uni sergaklantiradi;

B) jig`iga tegadi.

3. Dadil gaplashadigan ayolni erkak xuddi…

A) «o`zimizdan-da» deb;

B) qo`pol deb qabul qiladi.

4. Agar erkak noqulay vaziyatga tushib qolsa, xohlaydiki...

A) uni tinchlantirishlarini;

B) atrofdagilar o`zlarini hech nima sezmaganday qilib ko`rsatishini.

Javoblar

«A» javobi ko`proq bo`lsa: siz o`z logikangizga moyilsiz. Sevgilingizning aytgani va qilganini yaxshi tushunish uchun unga e`tiborliroq bo`ling.

«B» javobi ko`p bo`lsa: yoki sizning erkaklar bilan muomala bobida tajribangiz katta yoki fe`l-atvoringiz erkaklarnikiga o`xshash. Kuchli jins vakillarining siz bilan til topishishlari oson.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar