Vafot etgan shaxs nomidagi avtomashinani qanday qilib merosxo`r nomiga rasmiylashtirish mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
A.A. Toshkent shahri
D.YaKUBOVA, Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig`i:
— Meros fuqaroning o`limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e`lon qilinishi oqibatida ochiladi. Merosga bo`lgan huquq vorislik vasiyati mavjud bo`lmasa, qonun bo`yicha amalga oshiriladi.
Merosga bo`lgan huquq to`g`risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e`tiboran olti oy o`tganidan keyin beriladi. Fuqarolik kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq, konun buyicha birinchi navbatdagi merosxo`rlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo`yicha birinchi navbatdagi vorislik xuquqiga ega bo`ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tutilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo`rlarning yozma arizalariga ko`ra merosga bo`lgan huquq to`g`risida guvohnomalar beradi.
Meros qoldiruvchi bilan merosxo`rlarning qarindoshlik munosabatlari tug`ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug`ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko`chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Notarius jismoniy va yuridnk shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan boshqa xujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Agar meros mulki tarkibiga avtomototransport vositatari kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, ushbu avtotransport vositalari baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanganligi to`g`risidagi xulosasini talab qiladi, shuningdek avtotransport vositasi davlat ro`yxatdan o`tkazilgan joyi bo`yicha davlat notarial idora tomonidan ushbu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo`yilgan bo`lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo`lgan huquq to`g`risidagi guvohnomani berish to`xtatib turiladi.