AsosiySUG'DIYONA

​Qulupnayni tanlash, saqlash va tozalash haqida bilmaganlarimiz

'​Qulupnayni tanlash, saqlash va tozalash haqida bilmaganlarimiz'ning rasmi

1. Qulupnayni 3 kungina saqlab bo`ladi. Bu vaqt ichida qulupnay tarkibidagi S vitamini, polifenollar va antioksidantlar yo`qolib ulgurmaydi. Qulupnayni 4-5 kun muzlatkichda saqlab esangiz bo`ladi, ammo foydali moddalari yo`qolib ulgurgan mevadan naf yo`q.

2. Qulupnayni muzlatkichga qo`yishdan avval orasidagi barcha chiriganlarini olib tashlang. So`ng uni og`zi yopiladigan idishga solib qo`ying, shunda namligi yo`qolmaydi. Qulupnayni xona haroratida yoki to`g`ridan-to`јri quyosh nurlari tushuvchi joyda saqlamang, aks holda u sanoqli soatlarda iste`molga yaroqsiz bo`lib qoladi.

3. Qulupnayni eyishni avval uni yaxshilab yuving, so`ng qurishini kuting. Yassi idishga ustma-ust emas, bir qator qilib terib chiqing-da, ustiga limon sharabtidan tomizing, shunda rangi o`zgarmaydi.

4. Mazali va sog`lom meva rangi yorqin qizil, bandi esa yam-yashil bo`ladi. Shuningdek, yangi qulupnay quyoshda yaltiraydi, sariq yoki yashil dog`lari borlarini esa xarid qilmaganingiz ma`qul. Mevadagi jigarrang dog` esa qulupnay chirayotganidan darak. Qulupnayni hidlab ko`rishga tortinmang, undan hushbo`y hid ufurib turishi kerak. To`q qizil qulupnay yoki pishib o`tib ketgan bo`ladi yoki nitratda pishgan bo`ladi. Bunday qulupnayni aslo eya ko`rmang. Shuningdek, bandi so`lib qolgan bo`lsa, qulupnay allaqachon uzilgan bo`ladi. Qulupnay ustidagi urug`lari chuqur kirgan bo`lsa, meva mazali va etilgan hisoblanadi, aksincha ichkariga botmay yuzada tursa, demak, qulupnay pishishini kutib o`tirmay, uzib olishgan.

5. Murabbo yoki pishiriqlar uchun qulupnayni oson tozalash yo`li, bu trubochkadan foydalanishdir. Qulupnay uchidan pastiga qarab, trubochkani kirgazib tagini itarib yuboring. Yodda tuting: ingichka trubochka to`g`ri kelmaydi, enliroq trubochka bo`lsin.

Boshqa yangiliklar