AsosiySUG'DIYONA

​Plastik jarrohlik haqida 8 ta fakt

'​Plastik jarrohlik haqida 8 ta fakt'ning rasmi

1. Statistika ma`lumotlariga ko`ra, plastik jarroh ko`rigiga 20 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan ayollar ko`proq murojaat qilisharkan;

2. Burun shakli va ko`rinishini o`zgartirish bo`yicha o`tkaziladigan rinoplastika amaliyoti eng qadimgi muolaja bo`lib, ilk marta bundan 5 ming yil oldin Hindistonda amalga oshirilgan.

3. Plastik jarrohlik qoidalariga ko`ra, bir a`zoda 7 martadan ko`p amaliyot o`tkazilmaydi. Aksi bo`lsa, sog`liqqa ziyon.

4. Ma`lumotlarga qaraganda, erkaklarning 30%i rafiqalarini plastik jarroh huzuriga olib borishadi; 25% kuchli jins vakillari bu borada ikkilanishadi; 40%i esa bunday «mo``jiza»larga qarshi;

5. AQShlik Sindi Jekson eng ko`p jarrohlik muolajasini o`tkazgan ayol sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. 55 yoshli “jonli Barbi” shu kungacha 52 marta tig` ostida bo`lgan;

6. Jarrohlik tarixida eng ahmoqona amaliyot sifatida Joselin Vayldning «Mushuk ayol» qiyofasi ta`kidlanadi. Qaylig`ini hayratda qoldirishni istagan xonim chindan-da bu ishni uddaladi. Ammo takroriy operasiyalardan so`ng kuyovbola juftakni rostlab qolgan...

7. Jahon bo`yicha ayol va erkaklar orasida eng keng tarqalgan plastik muolaja liposaksiya sanaladi. Liposaksiya qorin va son sohasidagi ortiqcha yog`larni olib tashlashdir.

8. Janubiy Koreyaliklar plastik jarrohlik xizmatiga eng ko`p murojaat qiluvchilar ekan. Keyingi o`rinlarda Italiya, Braziliya, AQSh davlatlarining fuqarolarini ko`rish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar