Ispaniya chempionati qoldirilgan o`yinida Madridning “Real” jamoasi safarda “Selta” mehmoni bo`ldi.
Gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo`lsa, Karim Benzema va Toni Kroos bittadan gol urishdi.
“Real” chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida “Barselona”dan 3 ochko oldinda bormoqda. Barchasi so`nggi turda hal bo`ladi.
«Selta» – «Real» 1:4 (0:1)
Gollar: Gvidetti 69 — Ronaldu 10, Ronaldu 48, Benzema 70, Kroos 86
«Selta»: Alvares, Kastro, Kabral, Ronkalya, Malo, Ernandes, Vass, Sisto (Diop 80), Sanches (Dias 72), Aspas, Gvidetti (Bove 86).
«Real»: Navas, Marselo, Ramos, Varan, Danilo, Kroos, Kazemiro (Kovachich 72), Modrich, Ronaldu (Vaskes 84), Benzema, Isko.
Ogohlantirishlar: Kazemiro 30, Aspas 38, Kastro 64, Gvidetti 66, Malo 73, Ernandes 85, Ramos 85.
Chetlatish: Aspas 62 (ikkinchi sariq)