AsosiySport
2783

Zidan: “Real”ga chempionlikni qaytarish juda muhim edi

'Zidan: “Real”ga chempionlikni qaytarish juda muhim edi 'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan “Malaga”ga (2:0) qarshi kechgan va uni murabbiy sifatida Ispaniya chempioniga aylantirgan o`yindan keyingi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Men judayam hursandman. Mavsum yakunlandi, 38 o`yin ortda qoldi. Bu chiroyli va qiyin chempionat. Men Ispaniya dunyodagi eng qiyini deb hisoblayman va bu haqiqat. Bu ligada g`alabaga erishish juda qiyin.

“Real” uchun chempionlikni qaytarish juda muhim edi va biz bunga erishdik. “Real” – dunyoning eng yaxshi jamoasi ekanini ishonch bilan ayta olaman. Yutuq – barchamizniki. Ronaldu har doim eng hal qiluvchi pallalarda asosiy rolni bajardi. Endi bayram qilsak ham bo`ladi”, – dedi Zidan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar