AsosiySport

Beyl tug`ilgan shahrida EChLda g`olib bo`lgan oltinchi futbolchi bo`ldi

'Beyl tug`ilgan shahrida EChLda g`olib bo`lgan oltinchi futbolchi bo`ldi'ning rasmi

Madridning “Real” klubi Kardiffda o`tgan Evropa Chempionlar ligasi finalida “Yuventus”ni 4:1 hisobida mag`lub etdi va o`z tarixida 12-marta EChL/Evropa Kubogini qo`lga kiritdi.

“Real”ning uelslik hujumchisi Garet Beyl final bo`lib o`tgan Kardiff shahrida tavallud topganidan xabaringiz bor, Beyl esa o`z “uyi”da o`tgan finalda jamoasi bilan g`olib chiqa oldi.

Beylga qadar bunday natijaga Nikolya Anelka (“Real”, Parij, 2000 yil), Anjelo Di Livio (“Yuventus”, Rim, 1996 yil), Aleks Stepni (“Manchester Yunayted”, London, 1968 yil), shuningdek, Migel Munos va Enrike Mateou (“Real”, Madrid, 1957 yil) erishgan edilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar