12.11.2013 12:20
“Samsung” o`raladigan smartfonlarni chiqarmoqchi
“Samsung Electronics” kompaniyasining bosh ijrochi direktori O–Xyun Kvonning so`zlariga ko`ra, 2014 yil oxirida yoki 2015 yil boshida kompaniya bukiladigan qurilmani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o`tamiz, o`tgan oyda "Samsung” qayishqoq displeyli birinchi smartfonni taqdim etgandi. Qurilmaning o`zi qattiq korpusga ega bo`lib, u egilmaydi.