Zarur masalliqlar: 300 gr. mol go`shti, 2 tadan baqlajon va bulg`or qalampiri, bittadan sabzi, qalampir va ko`k sarimsoqpiyoz, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 3 osh qoshiq kunjut yog`i, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 choy qoshiqdan kunjut, limon sharbati va shakar, ko`katlar, yarim choy qoshiq maydalangan kashnich, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go`sht, baqlajon, sabzi va bulg`or qalampirini somoncha shaklida to`g`rang.
2. Qizdirilgan kunjut yog`ida go`shtni qizarguncha qovuring. Keyin baqlajonni solib, 3 daqiqa qovurishda davom eting. Bulg`or qalampiri, sabzi va maydalangan sarimsoqpiyoz, qalampir qo`shing. Tuz sepib, 5 daqiqa olovda qoldiring.
3. Maydalangan ko`k sarimsoqpiyozni salatga soling.
4. Kunjut yog`ini limon sharbati va soya sousi bilan aralashtiring. Shakar, tuz, kashnich qo`shing. Sousni salatga solib, ustiga maydalangan ko`katlar va kunjut seping.
4 kishilik
35 daqiqa.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






