AsosiySUG'DIYONA
11887

DOLChIN — NAFAS YO`LLARINI TOZALAYDI

'DOLChIN — NAFAS YO`LLARINI TOZALAYDI'ning rasmi

Shifobaxsh xususiyatlari:

  • yurak faoliyatini mustahkamlashda;
  • qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda;
  • nafas yo`llarini tozalashda foydali.

Nojo`ya ta`siri: ba`zan terida turli toshmalar keltirib chiqarishi mumkin.

Kimlargi mumkin emas? Homilador ayollar uchun dolchindan tayyorlangan damlamalar tavsiya etilmaydi.

Narxi: poytaxt bozorlarining ziravorlar sotiladigan rastalarida 20 gr. dolchin o`rtacha 500 so`m atrofida.

Resept: har kuni nonushtaga 1 osh qoshiq dolchin kukuniga 2 osh qoshiq asal aralashtirib, non ustiga surtib eyilsa, yurak faoliyatiga quvvat bo`ladi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda 2 osh qoshiq asalni 3 choy qoshiq dolchin kukuni bilan aralashtirib, 2 stakan qaynatilgan suvga qo`shiladi. Aralashma bir martalik qabul qilishda oz-ozdan ichiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar