1

YaNA BIR HAMYuRTIMIZ – "GINNESS"DA

Rekord 28.11.2017, 15:24
YaNA BIR HAMYuRTIMIZ – "GINNESS"DA

Yana bir hamyurtimiz, huquqshunos Jamshid To`raev ikki barmoqda turnikda tortilish bo`yicha jahon rekordini o`rnatdi. U bu murakkab mashqni 19 marta takrorlay oldi. Ginnessning rasmiy saytida tarqatilgan ma`lumotlarga ko`ra, Jamshid aslida 25 marta tortilgan, ammo oltita urinishi o`rnatilgan tartib-qoidalarga to`g`ri kelmagani uchun hisobga olinmagan. 37 yoshli Jamshid To`raevning asli kasbi huquqshunos. 5 yildan beri turnikda tortilishning turli shakllari bilan muntazam shug`ullanib keladi. U 2015 yil may oyida orqa tomondan turnikka tortilish bo`yicha rekord o`rnatgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1