AsosiyMadaniyat
4614

“AJDODLARIMIZ YaRATGAN MEROSLAR XALQIMIZGA QAYTARILMOQDA”

'“AJDODLARIMIZ YaRATGAN MEROSLAR XALQIMIZGA QAYTARILMOQDA”'ning rasmi

Bugun 28 noyabr kuni Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida ishtirok etgan Temuriylar davlat tarixi muzeyi bo`lim mudiri, tarix fanlari doktori Abdumajid Madraimov loyiha bo`yicha o`z fikrini bildirdi:

— Bugungi madaniy tadbir O`zbekiston va jahon madaniy hayotida alohida o`rin tutadi. Boisi ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan madaniy merosimiz na`munalari chet ellardan topib, nusxalari xalqimiz va jahon madaniy ziyolilariga qaytarilmoqda. Bu esa O`zbekiston va jahon madaniy hayotida shu vaqtgacha bo`lmagan voqea. Mazkur loyihaning yana bir qimmatli tomoni shundaki, o`zbek va turli davlatlar olimlari, jamoatchilik tashkilotlari ham birgalikda faol elkama-elka ishlamoqda. Mustaqillikdan avval yurtimizdan olib ketilgan boyliklarni xalqimizga qaytarilishi shunday buyuk merosni yaratgan ajdodlarning avlodi ekanimizni eslatib turadi. Va ularga munosib ravishda buyuk ishlar qilishimiz kerakligini ko`rsatadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar