AsosiySavol-javob

​«MEROS MUAMMO BO`LAYaPTI...»

'​«MEROS MUAMMO BO`LAYaPTI...»'ning rasmi

— Oilada uch farzandmiz, ikki qiz va bir o`g`il. Ukam oilasi bilan Qo`qonda yashaydi. Hayotlik vaqti onamni men parvarishlardim. Endi bo`lsa, jigarlar uy masalasida kelisholmayapmiz. Hammadan ham kelinim uyga da`vogar bo`layapti. Bu muammoni qanday hal qilsa bo`ladi?

Ra`no Hamidboeva, Farg`ona viloyati

— Meros ochilganda meros qoldiruvchining ota-onasi, farzandlari va farzandlikka olinganlar birinchi navbatdagi merosxo`rlar hisoblanishadi. Bunga ko`ra, otangiz (agar hayot bo`lsa) va barcha bolalar ular qaerda yashashidan qat`i nazar qonun bo`yicha merosxo`r sanalishadi. Agar merosxo`r deb topish yuzasidan nizo kelib chiqqan bo`lsa, uy joylashgan hududdagi tumanlararo fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin

    Boshqa yangiliklar