AsosiySavol-javob

​«UY BUZILISh HUDUDIDA EKAN...»

'​«UY BUZILISh HUDUDIDA EKAN...»'ning rasmi


— Vasiyatnoma asosida uy mulkdori bo`ldim. Biroq menga tekkan uy buzilish hududiga kiritilgan ekan. Agar u buziladigan bo`lsa, o`rniga boshqa uy-joy beriladimi?

Safar Otaboev, Toshkent shahri

— Buzilish hududiga kiritilgan mulkka nisbatan uyni tasarruf etish, merosxo`r deb topish haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish taqiqlanmagan bo`lsa, tegishli tartibda davlat notarial idorasiga murojaat etib, vasiyatnoma asosida vorislik guvohnomasini rasmiylashtiring. Hujjatni buzilish hududida tuzilgan komissiyaga taqdim etganingizdan so`ng sizga uy berish, er maydoni ajratish yoki pullik kompensasiya to`lash masalasi hal etilishi mumkin. Agar uyga nisbatan yuqorida ko`rsatilgan hujjatlarni rasmiylashtirish taqiqlab qo`yilgan bo`lsa, u holda vasiyatnomani to`g`ridan-to`g`ri komissiyaga taqdim etsangiz bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar