AsosiySavol-javob

​«ER SOTIB OLGANDIK..»

'​«ER SOTIB OLGANDIK..»'ning rasmi


2004 yil erimning nomiga er maydoni sotib olganmiz. O`sha paytda vaqtinchalik foydalanish sharti bilan erni bir tanishimizga bergandik. Endilikda o`zimizning mulkimizni qaytarib ololmayapmiz. Turmush o`rtog`im ayni dam xorijda. O`zim bu masalani qanday hal qila olaman?

Nargiza Tojiboeva, Toshkent shahri

— Eringiz nomidan ushbu nizoni sud orqali hal etish vakolati berilgan ishonchnoma asosida erni bo`shatmayotgan shaxslarni ushbu hududdan ko`chirish haqida da`vo talabi bilan fuqarolik sudiga arz qilishingiz mumkin. Agar mazkur er maydoni turmush o`rtog`ingiz bilan birgalikdagi nikoh davrida sotib olingan bo`lsa, mulkdor sifatida nizoni hal etish uchun da`vogar bo`lib, sudga murojaat qilishga haqlisiz.

    Boshqa yangiliklar