— Qizimni turmushga berib, nabirali bo`ldim deganimda, kuyovim hunar chiqardi. Birinchi turmushidagi xotini bilan topishib olib, ketib qoldi. Bolasiga aliment to`lashdan ham bosh tortayapti. Bu vaziyatda qaerga murojaat qilsak bo`ladi?
Diyora Boboeva, Farg`ona viloyati
— Qizingiz qonunda belgilangan tartibda nikohdan o`tgan bo`lsa, farzandi uchun aliment undirish masalasida o`zi yoki turmush o`rtog`i istimoqat qiladigan hududdagi fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkin. Agar aliment undiruvi to`g`risida hujjat mavjud bo`lib, to`lov amalga oshirilmayotgan bo`lsa, kuyovingizning yashash hududi bo`yicha tuman ijro bo`linmasiga uchrashing. Bordiyu qizingiz va kuyovingiz o`rtasida tuzilgan nikoh qonuniy rasmiylashtirilmagan bo`lsa, nabirangiz uchun otalikni belgilash va aliment undirish da`vo talabi bilan sudga murojaat etsangiz bo`ladi.






