AsosiySUG'DIYONA
12384

YOD MODDASI — AQLIY FAOLIYaT UChUN...

'YOD MODDASI — AQLIY FAOLIYaT UChUN...'ning rasmi

Farzandingiz yoshiga nisbatan rivojlanishdan ortda qolayotgandek tuyulsa, yod moddasi zahirasini to`ldirishga kirishing. Yod etishmasligi bolaning aqliy faoliyati va jinsiy a`zolar rivojlanishiga ham ta`sir etadi. Shuningdek, bolada jizzakilik, ko`p terlash, ko`z chanoqlarining kattalashishi kuzatilsa, qalqonsimon bezning endometrik xastalik turi yuzaga kelgani taxmin qilinadi.

Foydasi: qalqonsimon bez faoliyatini tartibga soladi, asab tizimini tinchlantiradi hamda mikroblarga qarshi ta`sir ko`rsatadi, aqliy salohiyatni o`stiradi.

Kunlik miqdori: bolajoningiz yoshga to`lmagan bo`lsa, 90 mkg, 2-6 yoshda bo`lsa, 110-130 mkg, 7-12 yosh va undan katta bo`lsa, 130-150 mkg.gacha belgilanishi mumkin.

Me`yordan oshsa: qo`l-oyoqlarida titrash, jigar va taloqda shish yuzaga kelishi, ko`ngil aynishi va teri yuzasi sarg`imtir tusga kirishi mumkin.

Muhim! yod moddasi ko`pincha V guruh vitaminlari bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. A, S, D vitaminlari (limon, na`matak, olma) bilan esa mos keladi.

Profilaktika: bolajoningizning jismoniy va aqliy salomatligi uchun yod moddasiga boy mahsulotlardan tanlang. Bunda sizga dengiz mahsulotlari, sut, yod moddasi qo`shilgan osh tuzi, xurmo, yong`oq kabilarni tavsiya etamiz. Mazkur maµsulotlar bolangiz taomnomasida bo`lsa, yod etishmasligi va uning asoratidan kelib chiqadigan kasalliklar xavf solmaydi. Biroq qo`shimcha preparatlar berishda maµsulotlar miqdorini me`yorda saqlang.

Dorixonalarda: shifokor tavsiyasiga ko`ra yodomarin (1 tabletkadan ertalab 1 mahal), yodbalans (0,5 tabletkadan ertalab 1 mahal).

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar