2 choy qoshiq tvorog va 1 osh qoshiq asalni aralashtirib, 1 choy qoshiq o`simlik moyini qo`shing. Qo`l terisiga 10-15 daqiqaga surtib qo`ying, keyin iliq suvda yuvib tashlang. Co`ng nam teriga krem suring. Haftasiga ikki-uch marta qo`llanilganda bu niqob terini yumshoq va mayin qiladi, to`qimalarni faol unsurlar bilan to`yintiradi. Natijada teri po`stining tushishi, sho`rlashlar yo`qoladi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






